Ushbu monografiya Istiqlol davrida Qoraqalpogʻistonda oʻzbek adabiy muhiti rivojalnishi va oʻziga xos xususiyatlarini yoritib berishga xizmat qiladi. Istiqlol davrida juda koʻplab ikki tilda birdek ijod qilib kelayotgan ijodkorlar adabiyotning turli janrlarida faol qalam tebratganining guvohi boʻlamiz. Monografiyada ilgari faqat publitsistikada oʻzini koʻrsatayotgan qalamkashlar ijodida tub burilish boʻlgani, bu davr adabiyotining koʻzga koʻringan vakillarining ijodiy faoliyati tahlil qilinadi. Bu davr adabiyotining mavzu va mazmun rang-baragligi, muammolarning yangilanishi, Qoraqalpogʻiston adabiy muhitining e’tiborli jihatlari haqida soʻz yuritiladi.Uslubiy-shakliy izlanishlar tabiatidagi dinamik oʻzgarishlar, adabiy taʻsir va ijodiy aloqa jarayoni, badiiy-estetik tafakkur tabiati hamda poetik mahorat sabab bir-birini taqozo etishi; milliy mental mushtaraklik, milliy idrok jamiyat gʻoyaviy-badiiy tematikasiga uzviy taʻsir oʻtkazganligi boʻlsa, ijtimoiy ongning muhim qirrasi sifatida badiiy adabiyotda realistik tasvir yo’sini teranlashganligi, ifoda tabiatiga daxldor folklorizm, mifopoetika va stilizatsiya oʻziga xoslikni tavsiflaganligi dalillangan.
Book Details: |
|
ISBN-13: |
978-620-6-79424-0 |
ISBN-10: |
6206794245 |
EAN: |
9786206794240 |
Book language: |
Uzbekistan |
By (author) : |
Ra’no Ibragimova |
Number of pages: |
116 |
Published on: |
2023-11-22 |
Category: |
Language and literature science |