Ushbu monografiyada ulugʻ mutafakkir shoir Alisher Navoiyning “Badoyi’ ul-bidoya” devonidagi gʻazallarining muallif tahriridan oʻtkazilishi va ularning matniy tafovutga uchrashida omil boʻlgan bir qator jihatlar xususida fikr yuritiladi. Muallif ushbu devondagi gʻazallarni “Xazoyin ul-maoniy” kulliyotidagi matni bilan qiyoslab, oʻzaro matniy farqliliklarni aniqlaydi, ularni tasniflab, kelib chiqish omillari koʻrsatib oʻtadi, variantlardan ma’no va badiiyatga muvofiqligini aniqlashtiradi. Tanlangan gʻazal va baytlarni sharhlash, ularning vazniy xususiyatlarini va badiiy san’atlarga xos tamoyillarni nazarda tutish bilan shoir gʻazali matniga yaqin shakllarni muayyanlashtirishga intiladi. Kitob adabiyotshunoslar, oliy taʼlim muassasalarining filologiya fakulteti talabalari, magistrantlar, umumtaʼlim o‘rta maktablarning ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari, o‘zbek mumtoz adabiyoti, ayniqsa, Аlisher Navoiy ijodi muhiblari hamda keng kitobxonlar ommasiga mo‘jallangan.

Book Details:

ISBN-13:

978-620-6-79670-1

ISBN-10:

6206796701

EAN:

9786206796701

Book language:

Uzbekistan

By (author) :

Azimjon Hamidov

Number of pages:

92

Published on:

2024-10-10

Category:

Language and literature science