Mazkur uslubiy qo‘llanma oliy ta’lim muassasalarida kredit-modul tizimida “Tilshunoslik asoslari” fanidan talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etish va nazorat qilishga qaratilgan bo‘lib, ularning mustaqil fikrlashlarini shakllantirish usul va uslublari ko‘rsatilgan. Qo‘llanmada mustaqil ishlash mazmuni, shakli, metodlari hamda talabalarning mustaqil ishlashlariga metodik tavsiyalar berilgan. Ushbu uslubiy qo‘llanmadan oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilar, magistrant hamda talabalar foydalanishlari mumkin. Mazkur uslubiy qo‘llanma “Tilshunoslik asoslari” fanidan 6011700 – O‘zbek tili va adabiyoti hamda “Tilshunoslik nazariyasi” fanidan 60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) yo‘nalishi bo‘yicha tasdiqlangan malaka talablari, o‘quv va ishchi rejalari hamda fan va ishchi dasturlari asosida ishlab chiqilgan.
Book Details: |
|
ISBN-13: |
978-620-6-80174-0 |
ISBN-10: |
6206801748 |
EAN: |
9786206801740 |
Book language: |
Uzbekistan |
By (author) : |
Gulyamova Shahnoza |
Number of pages: |
80 |
Published on: |
2024-10-28 |
Category: |
Language and literature science |