Monografiyada hozirgi zamonaviy ishlab chiqarish korxonalarida va laboratoriyalarida aniqlanadigan suyuqliklarning qovushqoqligi to’g'risida atroflicha va to’liq ma’lumotlar keltirilgan. Suyuqliklarning qovushqoqligini aniqlash suyuqlik (neft xom-ashyosi, neft mahsulotlari, suyultirilgan gaz, ishqoriy va kislotali eritma)larni tashish yoki quvurlar orqali haydash nasoslarining quvvatlarini hisoblashda va tanlashdagi eng asosiy omil hisoblanadi. Shuning uchun suyuqliklarning qovushqoqligini to’g'ri va aniq hisoblash hozirgi muhandislar oldidagi eng dolzarb muammolardan biridir. Monografiyada yuqoridagi muammolarga yechimlar va takliflar keltirilgan. Zamonaviy viskozimetrlarning turlari va ularni ishlab chiqaruvchi yetakchi korxonalar, ularning konstruksiyalari va viskozimetrlarni tanlash bo’yicha ko’rsatmalar keltirilgan. Monografiyani suyuqliklarning fizik xususiyatlarini o’rganayotgan oliy ta’lim muassasalari talabalari, suyuqliklarning qovushqoqliklari bo’yicha ilmiy izlanishlar olib borayotgan bakalavriat, magistratura yoki mustaqil ilmiy izlanishlar olib borayotgan mutaxasislar uchun qo’llanma sifatida foydalanishlari mumkin.

Book Details:

ISBN-13:

978-3-330-80670-2

ISBN-10:

3330806702

EAN:

9783330806702

Book language:

Uzbekistan

By (author) :

Paraxat Matyakubova
Patxulla Ismatullayev
Jamshidbek Shamuratov

Number of pages:

120

Published on:

2022-05-03

Category:

Mechanical engineering, manufacturing technology