€ 43,90
Jahon tilshunosligida matnning kognitiv-pragmatik tadqiqiga doir ilmiy izlanishlar keng miqyosda olib borilmoqda, ayniqsa, lisoniy vositalarning diskurs maqomidagi o‘rganilishi amaliy jihatdan ancha samarali kechmoqda. Til birliklari, lisoniy imkoniyatlar davr nuqtai nazaridan kengayib boraveradi. Shu nuqtai nazardan turli uslubdagi matnlarni zamonaviy aspektlarda tekshirib ko‘rish tilshunoslikka yangi ma’lumotlar, g‘oyalar taqdim qiladi.Dunyo uslubshunosligining hozirgi rivojlanish bosqichidagi eng muhim vazifalaridan biri bu funksional uslublarni o‘rganishdir. Bugungi kunda madaniy modellar o‘rtasidagi shaffoflikni oshirish, madaniyatlararo ijtimoiy va tijoriy aloqalar rivojlanib bormoqda.O’z ona tilimizning lisoniy imkoniyatlari va boshqa tillar bilan qiyoslab o’rganish masalalarini o‘rganish zaruratga aylanib bormoqda. “Chunki necha asrlar osha ajdodlarimizdan bizga bezavol o‘tib kelayotgan ona tilimizning ravnaqi va istiqboli haqida qayg‘urish – bu millatning o‘zligini anglashi, uning ma’naviy kamolotini yuksaltirish uchun kurash demakdir. Davlat tilining obro‘-e’tibori – butun xalq, butun jamiyatning obro‘-e’tiboridir” .
Book Details: |
|
ISBN-13: |
978-3-639-82972-3 |
ISBN-10: |
3639829727 |
EAN: |
9783639829723 |
Book language: |
Uzbekistan |
By (author) : |
Azizbek Xolisov |
Number of pages: |
88 |
Published on: |
2024-09-04 |
Category: |
General Social sciences |