Mazkur monografiya Matnazar Abdulhakimning obraz yaratish mahorati masalasi tadqiqiga bag'ishlangan bolib, maktabning ona tili va adabiyot fani o'qituvchilari, filologiya ta'lim yo'nalishi talabalari va qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.Matnazar Abdulhakim she'riyati falsafiy she'riyat. Shoir ijodida, nafaqat uslubiy yetuklik, balki chuqur mulohazakorlik, badiiy tafakkur va serjilo ijodiy salohiyat ham yaqqol ko'zga tashlanadi. Shoir she'riyatining yana bir xususiyati - barcha mavzulardagi she'rlarda inson manaviy olami va ijtimoiy-estetik muammolar tasvirida fikr va kechinmalar silsilasining rangin badiiy bo'yoqdorligidagi betakrorlikdir. Aslida shoir an'anaviy mavzularga ham kop murojaat qilgan, ammo bu jarayonda ularga yangicha, o'ziga xos tarzda yondashgan. Hayotning boshqalarga pinhon nuqtalarini ko'ngil ko'zi ila ko'ra olgan va buni o'z ijodida yorqin tasvirlagan.

Book Details:

ISBN-13:

978-613-9-41495-6

ISBN-10:

6139414954

EAN:

9786139414956

Book language:

Uzbekistan

By (author) :

Mohichehra Rustamova

Number of pages:

68

Published on:

2022-07-05

Category:

Classical linguistics / literature science