Fan bizni qurshab turgan dunyo to’g’risida ob’ektiv aniq, bilimlarni ishlab chiqish bo’yicha samarali inson faoliyatining alohida soxasi xisoblanadi. Bu soha mazkur ijodni ta’minlovchi, muntazam rivojlanib boruvchi bilimlar tizimini, insonlar va muassasalarning ilmiy ijodlarini o’z ichiga oladi. Fan va texnikaning bir-biri bog’liq rivojlanish jarayoni insonga moddiy va ma’naviy boyliklarni olish uchun atrof muhitga ta’sir etishga imkon beradi. Zero bu ta’sir hozirgi vaqtda ham, istikbolda xam atrof muhitga zarar keltirmasligi lozim. Ilmiy ijod natijalarini ishlab chikarishga tadbiq; etish mexnat samaradorligining oshishida, maxsulot tannarxining arzonlashishida, uning sifati va raqobardoshligi o’sishida, ekspluatatsiya ko’rsatkichlarining yaxshilanishida va boshqa xollarda aks etadi. Fan - fan-texnika taraqqiyotnning poydevori. Ilmiy muvaffaqiyatlar bevosita oliy maktab rivojiga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Fan talabalarning bilimlariga, ularning ijodi rivojlanishiga, tegishli faoliyat sohasidanoq, muammo yechimlarni topa bilish iqtidoriga yangi o’sib borayotgan talablarni qo’yadi.

Book Details:

ISBN-13:

978-620-0-62134-4

ISBN-10:

6200621349

EAN:

9786200621344

Book language:

Albanian

By (author) :

Suluv Sulliyeva

Number of pages:

80

Published on:

2021-06-21

Category:

Other