Darslikda dinamik kuchlar ta’siridan hosil bo‘ladigan ichki zo‘riqish kuchlarini aniqlash, ularning zilzilabardoshligini ta’minlash uchun kerakli ma’lumotlar keltirilgan. Darslikda zilzilalarning paydo bo‘lish sabablari, zilzila kuchi va energiyasi, geologik va gidrogeologik sharoitning seysmik intensivlikka ta’siri, zilzilalarni prognoz (bashorat) qilish usullari, qurilish materiali va konstruksiyalarning dinamik xarakteristikalari, seysmik kuchlarni aniqlash, seysmik mustahkam binolarni loyihalashning umumiy qoidalari kabi mavzular bayon etilgan. Shuningdek, bino va inshootlarning zilzilabardoshligini ta’minlash uchun ko‘riladigan asosiy chora-tadbirlar haqidagi ma’lumotlar keltirilgan.“Bino va inshootlar zilzilabardoshligi” fanidan 70730301- Bino va inshootlar qurilishi (inshootlar turi bo‘yicha) mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim olayotgan magistrantlar uchun tayyorlangan darslik ravon tilda yozilgan, barcha ma’ruzalar o‘z ichiga matnlar, sxemalar va chizmalarni hal etilishi kerak bo‘lgan barcha savollariini qamrab olgan.

Book Details:

ISBN-13:

978-620-0-63963-9

ISBN-10:

6200639639

EAN:

9786200639639

Book language:

Uzbekistan

By (author) :

SHODILJON UMAROV ABDUG‘OFUROVICH
ZEBUNISO ABOBAKIROVA ASROROVNA

Number of pages:

220

Published on:

2022-11-29

Category:

Building and environmental technology