Quritish korxonalarida meva-sabzavotlarni sun’iy usul bilan quritishda energiya resurslarini sarfi ko‘pligi munosabati bilan quritilayotgan mahsulotning tannarhi oshib ketmoqda. Mahsulot tannarhini kamaytirish uchun konvektiv quritish kamerasida infraqizil nurlar yordamida quritish orqali elektroenergiya sarfini 10...15 foizga kamaytirish aniqlangan.Monografiyada xozirgi kundagi dunyo quritish korxonalarida meva-sabzavotlarni quritishda qo’llanilayotgan zamonaviy texnologiyalar, xom ashyoga ishlov berish jarayonlari xususida batafsil informatsion-taxliliy ma’lumotlar keltirilgan. Unda asosan mavjud quritish usullari, yutuq va kamchiliklari, texnologiyadagi jarayonlar to’g’risida, xamda bugungi kundagi quritish texnologiyasining xolati xaqida keng yoritilgan. Ushbu monografiya Oziq-ovqat texnologiyasi yo‘nalishida ilmiy tadqiqotlar o‘tkazayotgan bakalavr, magistrant va boshqa ilmiy tadqiqotchilar uchun mo‘ljallangan.Namangan muhandislik-texnologiya institutining ilmiy kengashi tomonidan ko’rib chiqildi va chop etishga ruxsat berildi (2022 yil 24 sentyabrdagi 2/3.2-sonli qarori).

Book Details:

ISBN-13:

978-620-0-64044-4

ISBN-10:

6200640440

EAN:

9786200640444

Book language:

Uzbekistan

By (author) :

M. F. Meliboyev
O. K. Ergashev

Number of pages:

124

Published on:

2023-02-08

Category:

Agriculture, horticulture, forestry, fishery, nutrition