Kompyuter dasturlash tillari kompyuterga u tushunadigan tilda ko‘rsatmalar berish imkonini beradi. Insonlar foydalanidagan ko‘plab tillar mavjud bo‘lganidek, dasturchilar kompyuter bilan muloqot qilishi uchun foydalanishi mumkin bo‘lgan bir qator kompyuter dasturlash tillari mavjud. Tilning kompyuter tushunadigan qismi "raqamlashgan" (ikkilik 0, 1) deb ataladi. Dasturlash tilini ikkilik tilga o‘tkazish "kompilyatsiya" deb nomlanadi. C tilidan Pythongacha bo‘lgan har bir dasturlash tili o‘ziga xos xususiyatlarga ega, lekin ko‘pincha dasturlash tillari o‘rtasida umumiylik mavjud.Bu dsturlash tillari kompyuterlarga katta va murakkab maʼlumotlarni tez va samarali qayta ishlash imkonini beradi. Misol uchun, agar odamga birdan o‘n minggacha bo‘lgan tasodifiy raqamlar ro‘yxati berilsa va ularni o‘sish tartibida joylashtirish so‘ralsa, bu juda katta vaqtni oladi va ba'zi xatolarni keltirib chiqaradi. Komputer esa xatosiz hisoblab berish imkonini beradi. Ushbu kitobda biz C++ dasturlash tili asoslarini o‘rganamiz. Quyida C++ dasturlash tili haqida qisqacha ma’lumot keltirilgan.

Book Details:

ISBN-13:

978-620-0-64117-5

ISBN-10:

620064117X

EAN:

9786200641175

Book language:

Uzbekistan

By (author) :

Alisher Shakirovich Ismailov

Number of pages:

164

Published on:

2022-12-23

Category:

Application software