Asosiy maqsad Si asosidagi fotoelementlarning elektrofizik xususiyatlarini o‘rganish va to‘liq xulosalarga ega bo‘lish hamda yaxshilash bo‘yicha o‘z taklif va muloxazalarimizni bildirish. Bunda Si materialining optik va elektrlik xususiyatlari, quyosh energiyasining elektr energiyasiga aylantirilish jarayoni, tok tashilish jarayoni va unga nuqsonlarning ta’siri, volt–amperlik xarakteristikasi(VAX), asosiy parametrlariga ta’sir etuvchi faktorlarni o‘rganish va aniq tahliliy xulosalar chiqarishni vazifa qilib qo‘ydik. Bir qatorda Respublikamiz sharoitida quyosh energetikasini rivojlantirishdagi muammo va yechimlarni o‘rganish. Asosiy quyosh elementlaridan turuvchi asboblarning elektrofizik xususiyatlarini va fotoelektrlik xusuyatlarini o‘lchab ularning oblastidagi va quyi sathlaridagi kiritilgan xususiy emas atomlarni, dislokatsiyalarni, vakant o‘rinlarni aniqlab ishlash vaqtini, chidamliligini aniqlashimiz kerak bo‘ladi. Demak, biz o‘rganayotgan quyosh elementining shu aytib o‘tilgan fizik xarakteristikalarini o‘rganib uning berilgan muhit uchun qulay bo‘lgan fizik xarakteristikalarini tahlil qilishimiz kerak bo‘ladi.
Book Details: |
|
ISBN-13: |
978-620-6-17535-3 |
ISBN-10: |
6206175359 |
EAN: |
9786206175353 |
Book language: |
Uzbekistan |
By (author) : |
Lutfiddin Olimov |
Number of pages: |
96 |
Published on: |
2024-10-16 |
Category: |
Heating,- energy- and power station technology |