Mazkur ma'ruzalar matni Maktabgacha ta'lim yo'nalishi bakalaviriat bosqichi talabalariga mo'ljallangan. Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalari sonini yanada oshirish va ular koʻrsatadigan xizmatlar turlarini kengaytirish uchun mustahkam poydevor boʻldi. Shu bilan birga, olib borilgan tahlil, bolalarning maktabgacha taʼlim bilan qamrovini taʼminlash, maktabgacha taʼlim muassasalarini zamonaviy oʻquv-metodik materiallar va badiiy adabiyotlar bilan toʻldirish, sohaga malakali pedagog va boshqaruv kadrlarini jalb qilish masalalarini hal etish zarurligini koʻrsatmoqda. Taʼlim sohasini isloh qilish bugun hukumatimiz diqqat eʼtiborida turgan dolzarb sohalardan biri, desak mubolagʻa boʻlmaydi. Soʻnggi yillarda maktabgacha taʼlim tizimini isloh qilish va rivojlantirishga qaratilgan qonunlar, qarorlar qabul qilinib, amaliyotga joriy etilmoqda.
Book Details: |
|
ISBN-13: |
978-620-6-17567-4 |
ISBN-10: |
6206175677 |
EAN: |
9786206175674 |
Book language: |
Uzbekistan |
By (author) : |
Navruza Isroilova |
Number of pages: |
92 |
Published on: |
2023-08-11 |
Category: |
Kindergarten- and preschool pedagogy |