Jahonda ingliz tilini chet tili sifatida oʻqitish mazmunini takomillashtirish hamda ingliz tilini oʻqitishning xususiy masalalari o’z navbatida oʻqitish metodikasida xorijiy tajribalardan foydalanishga boʻlgan ehtiyojni yanada kuchaytirmoqda. Jumladan, dunyodagi yetakchi Kembrij, Oksford, Toronto, Vankuver universitetlarining kompetensiyaviy yondashuvni rivojlantirishga qaratilgan loyihalari (Yevropa uchun tayanch kompetensiyalar), Bostondagi avliyo Djon, Danvers, Chexiyaning Mendel, Irlandiyaning Gaelskoyl Yuxeyn oliy taʼlim muassasalarida ogʻzaki nutqni rivojlantirishga doir olib borilgan tadqiqotlar, Yevropa taʼlim tizimi tarixidagi “Boloniya jarayoni” (Magna Charta Universitarum) kompetensiyaviy yondashuv asosida oʻqitish samaradorligini ta’minlashga xizmat qilmoqda. Chet tilini oʻrgatish samaradorligini oshirishda oʻquv-uslubiy adabiyotlar tarkibi, tuzilishi va mazmunini xalqaro talablarga muvofiqlashtirish muhim omildir. Shu oʻrinda barcha taʼlim muassasalari faoliyatida kutilgan natijalarga erishish, sifat va samaradorlikni oshirish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib borish muhim ahamiyat kasb etadi.
Book Details: |
|
ISBN-13: |
978-620-6-79983-2 |
ISBN-10: |
6206799832 |
EAN: |
9786206799832 |
Book language: |
Uzbekistan |
By (author) : |
Dilnoza Alaudinova |
Number of pages: |
144 |
Published on: |
2024-06-18 |
Category: |
Language and literature science |