Mazkur ishda sendvichsimon tuzilgan ferrotsen va uning hosilasi ferrotsenilbenzoy kislotasining fazoviy hamda elektron tuzilishini zamonaviy kvant kimyoviy usulda oʻrganish maqsad qilib qoʻyilgan. Ushbu moddalarning fazoviy tuzilishi, atomlardagi elektronlar taqsimotini oʻrganish bilan ularning reaksion qobiliyatini aniqlash mumkin. Hech bir tadqiqotchi tomonidan zamonaviy kvant kimyoviy metodlar yordamida oʻrganilmagan p-ferrotsenilfenol va ferrotsenilbenzoy kislotasini alkillash reaksiyasining mexanizmi zamonaviy kvant kimyoviy metodlar yordamida oʻrganildi. Fridel-Krafts metodida alkillash reaksiyasi asos qilib olindi. Dastlabki, oraliq, oxirgi hosilalarning geometriyasi, zaryad taqsimoti, valent burchaklari va energetik kattaliklari Gaussian98W dasturida DFT/B3LYP metodining 3-21G bazisida olib borildi. Zamonaviy kvant kimyoviy tahlil natijasida dastlabki va sintez mahsulotining geometrik koʻrsatkichlari taqqoslandi va sintez mahsuloti natijalari nazariy hisobga mos kelishi aniqlandi.
Book Details: |
|
ISBN-13: |
978-620-6-80002-6 |
ISBN-10: |
6206800024 |
EAN: |
9786206800026 |
Book language: |
Uzbekistan |
By (author) : |
Xurshida Noibjonova |
Number of pages: |
104 |
Published on: |
2024-06-20 |
Category: |
Organic chemistry |