Mazkur monografiyada ingliz tilidagi faol harakatni anglatuvchi feʻllar sinonimik qatorining funksional-semantik tahlilini amalga oshirish koʻzda tutiladi. Oʻzbekiston Respublikasida olib borilayotgan til siyosati tilshunoslik fani taraqqiyotining nazariy asosini belgilab beradi. Mamlakatimizda rasmiy davlat tili boʻlmish oʻzbek tili, millatlararo muomala tili boʻlmish ingliz va rus tillari, Yevropa tillari hamda Osiyo tillarini oʻrganishga keng imkoniyatlar yaratib berilganki, bu jarayon uchun nazariy asos yaratish, tilshunoslik taraqqiyotini yangi bosqichga olib chiqish katta ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotchi tilning mazmun planiga aloqador izlanishlarda til lugʻat tarkibining turli qatlamlari chuqur tadqiq etilgan boʻlsada ingliz tilidagi faol harakatni anglatuvchi feʻllarning pragmatikasi, yaʻni semantik va semasiologik xususiyatlari, ulardagi kauzasiya holatlari hozirgacha oʻrganilmaganligi va bu esa oʻz navbatida til faktlarining koʻp tomonlarini toʻlaligicha tushunishga toʻsiq boʻlayotganligi ochib bergan. Monografiya soha mutaxassislari, filologiya fakulteti talabalariga moʻljallangan.

Book Details:

ISBN-13:

978-620-6-80126-9

ISBN-10:

6206801268

EAN:

9786206801269

Book language:

Uzbekistan

By (author) :

NODIRBEK XAMIDOV

Number of pages:

112

Published on:

2024-09-16

Category:

General and comparative linguistics