O‘zbek adabiyoti mumtoz namunalarini, xususan, mumtoz she’riyat sir-asrorlarini o‘rganish masalalari har doim metodist olimlarning diqqat markazida turgan muammo sanaladi. Jahon ilm-fanida ma’naviy meros, jumladan, har bir xalqning mumtoz adabiyotini o‘rgatishning noan’anaviy tizimini ishlab chiqishga doir ilmiy tadqiqotlar keng miqyosda olib borilmoqda. Xususan, mumtoz adabiyot namunalarini o‘rganish va tahlil qilish, adabiy ta’limni tashkil etishning uzviylik qonuniyatlari, o‘quvchilarning mumtoz badiiy matnni tushunish va tahlil qilish kompetensiyalarini mukammallashtirish usullari va metodlarini ishlab chiqishga qaratilgan tadqiqotlar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu bilan birgalikda mumtoz adabiyot namunalarini o‘qitishning tarixiy ildizlariga tayanadi. Ushbu mumtoz adabiyot namunalarini o‘rganish va tahlil qilish, adabiy ta’limni tashkil etishning uzviylik qonuniyatlari, o‘quvchilarning mumtoz badiiy matnni tushunish va tahlil qilish kompetensiyalarini mukammallashtirish usullari va metodlarini takomillashtirishga oid tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Book Details: |
|
ISBN-13: |
978-620-6-80138-2 |
ISBN-10: |
6206801381 |
EAN: |
9786206801382 |
Book language: |
Uzbekistan |
By (author) : |
Tojiyeva Xolida |
Number of pages: |
128 |
Published on: |
2024-10-23 |
Category: |
Education system |