Monografiyada kimyoviy, moddalarning tuzilishi, xossalari, kimyoviy modda tabiati va molekulalararo ta’sir turlarini illyustratsion ko’rinishda interfaol ta’lim haqida so’z boradi. Kimyo fanini o’qitishda modda xosil bo’lishi nazariyalari, molekulalararo ta’sir turlarini tushuntirishda tasvirlar orqali boyitilgan mavzu, mavzu bo’yicha namunaviy dars ishlanmasi tayyorlanganligi, ta’limda qo’llash uchun foydali bo’lgan tegishli xulosa va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Ma’lumki, deyarli barcha texnologik jarayonlari oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari bilan amalga oshiriladi. Shu sababli oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarini chuqurroq o‘rganish zarur. Galvanik elementlar boshqacha nom bilan kimyoviy tok manbalari ham deb aytiladi. Bular qatoriga akkumulyatorlar, batareyalar kiradi. Galvanik elementlarning ishlash prinsipini tushunish uchun mis-rux elementining yasalishi va ishlash prinsipi keltirilgan. Monografiya o’rta maxsus ta’lim o’quvchilari, oily ta’lim bakalavrlari, magistrlar va o’qituvchilar foydalanishi uchun tavsiya qilinadi.
Book Details: |
|
ISBN-13: |
978-620-6-80273-0 |
ISBN-10: |
6206802736 |
EAN: |
9786206802730 |
Book language: |
Uzbekistan |
By (author) : |
Ibroxim Abidov |
Number of pages: |
120 |
Published on: |
2025-04-02 |
Category: |
Monographies |