Olib borilgan nazariy va amaliy tadqiqotlar natijasida quyidagi xulosalar shakllantirildi:Reaktiv gidroturbina soplosidan chiquvchi suv dastasi hosil qiladigan kuch momenti va ishchi g‘ildirakning aylanish chastotasi uchun analitik ifodalar hamda ularning umumiy sistema inersiya momenti va chiqish energetik parametrlariga bog‘lanish formulalari ishlab chiqilgan.Reaktiv gidroturbina ishchi g‘ildiragining aylanishda qatnashmaydigan yo‘naltiruvchi kurakchalari orqali suv oqimining soploning ichki kurakchasi sirtiga nisbatan 25-300 burchak ostida urilishini ta’minlash orqali ichki aktiv kuchning maksimal qiymatiga erishishi shartlari aniqlangan.Reaktiv gidroturbinaning ishchi g‘ildiragida markazdan qochma va Koriolis kuchlaridan samarali foydalanish, shuningdek ichki yo‘naltiruvchi kurakchalarni qo‘llash orqali ichki ishqalanish va mahalliy qarshiliklarning kamaytirilishi evaziga gidroturbinada yo‘qotiladigan energiya miqdorini 20-40 % gacha kamaytirish imkoniyati yaratilgan.
Book Details: |
|
ISBN-13: |
978-620-8-83140-0 |
ISBN-10: |
6208831407 |
EAN: |
9786208831400 |
Book language: |
Uzbekistan |
By (author) : |
Bozarov Oybek Odilovich |
Number of pages: |
112 |
Published on: |
2025-04-09 |
Category: |
Heating,- energy- and power station technology |