Mazkur tadqiqotda grafit kukunlari va metall oksidlarining nanozarrachalari asosida ekologik toza, yuqori selektivlik va sezuvchanlikka ega yangi kompozit el-ektrod materiallari yaratish masalasi o‘rganildi. Kompozit materiallar sohasidagi yutuqlar voltametrik tahlil uchun simobsiz, xavfsiz va samarali elektrodlarni ishlab chiqish imkonini bermoqda. Tadqiqotda sonokimyoviy reaksiyalar yordamida nanozarrachalarni olish, uglerod asosli elektrodlarga kumush zarrachalarini bi-riktirish, hosil bo‘lgan kompozitsiyalarning rentgen difraksion va mikroskopik xos-salarini o‘rganish ishlari amalga oshirildi. Olingan materiallar asosida tayyor-langan elektrodlarning elektrokimyoviy faoliyati sinovdan o‘tkazilib, ularning noorganik va organik analitlarni aniqlashdagi qo‘llanish imkoniyatlari tahlil qi-lindi. Tadqiqot natijalari asosida yangi kompozitsion materiallar yaratish bo‘yicha ilg‘or yondashuvlar ishlab chiqildi, shuningdek, elektroanalitik kimyoda nano-analitika yo‘nalishining rivojlanishiga hissa qo‘shildi. Ishning amaliy ahamiyati ekologik xavfsiz va yuqori samaradorlikka ega sensor elektrodlarni ishlab chiqi-shda namoyon bo‘ladi.

Book Details:

ISBN-13:

978-620-8-83161-5

ISBN-10:

620883161X

EAN:

9786208831615

Book language:

Uzbekistan

By (author) :

RAVSHANOV MAQSUD ISO O‘G‘LI
MAMIRZAYEV MASHRAB ABDUMALIKOVICH

Number of pages:

88

Published on:

2025-04-15

Category:

Chemical technology