Ushbu monografiyada o‘zbek tilidagi evfemizmlarni vujudga keltiruvchi omillar, nutqda gender xoslangan ma’noning yuzaga chiqishida talaffuz xususiyati, so‘z, grammatik qo‘shimcha, gap qurilishi kabi lisoniy, imo-ishora, sukut, yuz ifodasi, qo‘l, yelka harakati singari nolisoniy hamda xalqning tarixi, etnogenezi, taraqqiyoti kabi madaniy omillar hamkorlikda tizimli amal qilishi batafsil yoritilgan. Shuningdek, o‘zbek tilida aytilishi odob me’yorlariga zid bo‘lgan, yoqimsiz va uyat sanalgan birliklarning erkak va ayol nutqiy muloqotida evfemizatsiyalanishining kasb, tarbiya, fe’l-atvor va ruhiy holatga oid leksik-semantik guruhlari farqlangan, til vositalarini pragmatik tadqiq qilishning shaxs, nutqiy vaziyat, nutq sharoiti, payti, o‘rni kabi omillari bilan bog‘liqligi va o‘zbek tilidagi evfemizmlarda gender ma’no voqelanishida shaxs va vaziyat omili yetakchilik qilishi misollar asosida dalillangan.Monografiya evfemiologiya, genderologiya, pragmalingvistika yo‘nalishlari mutaxassislari, professor-o‘qituvchilar, doktorant, magistrant, mustaqil izlanuvchi hamda sohaga qiziquvchilar ommasiga mo‘ljallangan.

Grāmatas detaļas:

ISBN-13:

978-620-6-80192-4

ISBN-10:

6206801926

EAN :

9786206801924

Grāmatas valoda:

Uzbekistan

By (author) :

Gulyamova Shahnoza

Lappušu skaits:

160

Izdošanas datums:

06.12.2024

Kategorija:

Language and literature science