Alisher Navoiy asarlari uchun mo‘ljallangan ushbu lug‘atda har bir so‘zning Alisher Navoiy asarlaridagi ma’nosi qisqa, lo‘nda va aniq izoh bilan ifoda etishga harakat qilindi. Bunda ushbu lug‘atning keng kitobxon ommasiga mo‘ljallanganligi inobatga olindi. So‘zlarning mustaqil va ko‘chma ma’nolari bir-biridan arab raqamlari bilan ajratilgan. So‘z ma’nolarini joylashtirishda ularning bir-biriga yaqinligi, o‘zaro ichki munosabatlari asosga olingan. Mazkur qo‘llanma “Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug‘ati” (IV tomlik, "Fan") hamda soha bo‘yicha yaratilgan boshqa normativ ma’lumotlar asosida tayyorlandi, shuningdek, qo‘llanmani tuzishda oliy ta’lim muassasalari talabalari va mustaqil shug‘ullanuvchilar uchun ushbu soha bo‘yicha yaratilgan boshqa manbalarga ham tayanildi.

Book Details:

ISBN-13:

978-613-8-24398-4

ISBN-10:

6138243986

EAN:

9786138243984

Book language:

Uzbekistan

By (author) :

Ma'rufjon Dustmurodov, Zarina Olimova

Number of pages:

72

Published on:

07.09.2018

Category:

Classical linguistics / literature science