€ 43,90
Ushbu kitob o‘zbek tilida Broka afaziyasidagi ot va fe’llarning ifodalanishini o‘rganishga bag‘ishlangani bilan ilmiy ahamiyat kasb etadi. Ishda Broka afaziyasining tilshunoslikdagi ahamiyati, umuman olganda, afaziyani o‘rganishning tilshunoslikka qo‘shadigan hissasi, o‘zbek tilida gapiruvchi Broka afaziyasi bilan og‘rigan bemorlar nutqini sog‘lom ishtirokchilar nutqi bilan qiyoslagan holda o‘rganish orqali nutq tezligi, gapning o‘rtacha uzunligi, ot va fe’llarning ifodalanishini tadqiq qilish. Bu esa inson miyasidagi neyrokognitiv tizimning modelini yaratishga, miyadagi tilga javob beruvchi qismlarnianiqlashga va ularning vazifasini to‘liqroq tushunishga yordam beradi. Ushbu tadqiqot ishining natijalari kelgusida amalga oshiriladigan tadqiqotlar uchun muayyan ahamiyatga ega bo‘ladi,deb o‘ylaymiz. Tadqiqotning nazariy xulosa va natijalaridan o‘zbek tili va adabiyoti, tilshunoslik nazariyasi mutaxassisligi talabalari uchun maxsus seminarlar o‘tishda,konferensiyalarda, zamonaviy tilshunoslik nazariyasi bo‘yicha ma’ruza matnlarini yaratishda foydalanish mumkin.
Book Details: |
|
ISBN-13: |
978-620-6-79690-9 |
ISBN-10: |
6206796906 |
EAN: |
9786206796909 |
Book language: |
Uzbekistan |
By (author) : |
Shahnoza Yuldosheva |
Number of pages: |
76 |
Published on: |
29.10.2024 |
Category: |
Other languages / other literatures |