Har bir shaxs hayoti uning bolaligidan to keksaligigacha bo`lgan davrda jamiyatda kechadi. Shaxs kamolotida, ayniqsa, sinf jamoasi alohida o`rin tutadi. Qolaversa, zamonaviy ta`lim va tarbiya jarayoni tarbiyalanuvchilarning avvalgidek faqatgina xotirasini kuchaytirishni talab etmasdan, balki yaratuvchanlik faoliyatida hayotiy imkoniyatlarni rivojlantirish va uning o`zgarishlariga moslashuvchan yangi, sog`lom avlodning ijodiy shaxsini rivojlantirishni ko`zda tutadi. Mustaqil mamlakatimiz taraqqiyotining hamma jihatlari kishilarimizning axloqiy, yuksak insoniy fazilatlari hamda bilimiga bog`liqligini O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o`zining nutq va asarlarida har tomonlama asoslab bergan. Shu bilan birga yoshlarni ma`naviy-axloqiy tarbiyalashda har bir fuqaro o`zi faoliyat ko`rsatayotgan sohada fidoyilik bilan ishlashi lozim. Buni amaliy tomoni kishilarimizning xalq, Vatan, istiqlol mohiyatini, yurt ravnaqini tushunishi bo`lib, kishilarimizning milliy qadriyatlarni chuqur bilmasdan shakllanishi mumkin emasligini barchamiz ko`rib turibmiz.

Book Details:

ISBN-13:

978-620-0-63452-8

ISBN-10:

6200634521

EAN:

9786200634528

Book language:

Uzbekistan

By (author) :

ABDURAZAQOV FAZLIDDIN

Number of pages:

88

Published on:

2022-09-07

Category:

Pedagogy