Dunyoda, ilmiy- texnik taraqqiyot natijasida, sanoat jadal rivojlanib borayotgan bir davrda, ishlab chiqarish va turar-joy binolarini portlash va yongʼin xavfsizligini taʼminlovchi kimyoviy sensorlar va signalizatorlar yaratish muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Turar joy va ishlab chiqarish korxonalari binolarida kuzatiladigan eng xavfli baxtsiz hodisalardan biri metanning portlashidir. Odatda metanning eng past portovchan kontsentratsiyasi (PPK) 5% ni, eng yuqori portlovchan kontsentratsiyasi (YuPK) 16% ni tashkil etadi. Respublikada yiliga 64 milliard kubometr tabiiy gaz qazib olinadi, uning asosiy tarkibiy qismini metan tashkil etadi. Respublikamizda gaz qazib olish va uning isteʼmol qilish hajmining oshishi bilan sanoat va turar-joy obʼektlarining atmosfera havosiga metanning sizib chiqishi va toʼplanishini aniqlovchi ekspress usullar, ishonchli sensorlar va signalizatorlarni ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi.
Book Details: |
|
ISBN-13: |
978-613-8-24781-4 |
ISBN-10: |
6138247817 |
EAN: |
9786138247814 |
Book language: |
Uzbekistan |
By (author) : |
Mavjuda Eshkobilova |
Number of pages: |
124 |
Published on: |
2023-12-08 |
Category: |
Chemistry |