Omonat saqlash munosabatlari fuqarolik huquqida an’anaviy tusga ega bo‘lgan va qadim zamonlardan buyon shakllanib kelayotgan institutlardan biri bo‘lib, bunda mulkdorning ashyoga nisbatan egalik qilish huquqi ma’lum muddatga boshqa shaxsga o‘tadi va bu shaxs (saqlovchi) ashyoni saqlab turish barobarida ashyoga nisbatan egalik qilish huquqini qo‘lga kiritadi.Mazkur qo‘llanmada omonat saqlash shartnomasining tushunchasi va yuridik tabiati, omonat saqlash shartnomasining xizmat ko‘rsatish shartnomalari tizimidagi o‘rni, omonat saqlash shartnomasining predmetini belgilash va shakliga oid muammolar tahlili, omonat saqlash shartnomasining mazmuni, omonat saqlash shartnomasining alohida turlari hamda uning yangi turlari ahamiyati kabi masalalari tahlil qilingan.Qo‘llanma oliy o‘quv yurtlarining huquqshunoslik mutaxassisligi bo‘yicha talabalari, tadqiqotchilar, o‘qituvchilar, amaliyot xodimlari va omonat saqlash shartnomasi hamda uning yangi turlari ahamiyatiga va ushbu shartnomaviy munosabatlarning huquqiy asoslariga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.
Book Details: |
|
ISBN-13: |
978-620-0-63172-5 |
ISBN-10: |
6200631727 |
EAN: |
9786200631725 |
Book language: |
Uzbekistan |
By (author) : |
Alisher G‘aybullayev |
Number of pages: |
152 |
Published on: |
2025-02-05 |
Category: |
Civil rights, Civil proceeding |