GlobeEdit ( 2023-12-18 )
€ 71,90
Musiqa merosiy yodgorliklarining milliy madaniyatdagi ahamiyati turlicha va ular bevosita o‘z vazifalarini bajarish jarayonida rivoj topib, odatda, insonlarning hayotiy davri shakllari bo‘lmish marosim, mehnat, dam olish, yilnoma, sayl va shu kabi ommaviy yig‘inlarda ijro etib kelingan. Yuksalib takomillashgan madaniyatlarda folklor yodgorliklari, asosan, axborot yetkazish va estetik zavq berish kabi vazifalarni bajargan va natijada ularning ijtimoiy jarayonlarga ta’siri sezilarsiz bo‘lgan. Binobarin, jamiyatning madaniy yo‘nalishi tizimiga joriy qilinishi esa insoniyat faoliyatining bevosita maxsus sohasi – folklor san’ati orqali sodir bo‘ladi. Va u yordamida folklor materiali hamda ma’lum etnik belgilarni ruhan tartibga solishning ijtimoiy shakli sifatida olib eshittirish (translyatsiya) orqali amalga oshiriladi. Zamonaviy musiqashunoslik fani arxeologiya va etnografiya ma’lumotlaridan kelib chiqib, musiqa san’atini ibtidoiy jamiyatda insonning amaliy faoliyati jarayonida boshqa san’at turlari (raqs, she’riyat va hokazolar) bilan qorishma (sinkretik) holda paydo bo‘lishini asoslab beradi.
Book Details: |
|
ISBN-13: |
978-620-6-79564-3 |
ISBN-10: |
6206795640 |
EAN: |
9786206795643 |
Book language: |
Uzbekistan |
By (author) : |
Zilola Zakirova |
Number of pages: |
172 |
Published on: |
2023-12-18 |
Category: |
Other |