Qizilqum markazidagi past tog‘lar quruq va kuchli parchalangan bo‘lib, o‘ziga xos tabiiy-geografik sharoit bilan xarakterlanib, hozirga qadar geografik jihatdan mukammal o‘rganilgan emas. Past tog‘lar asosan chorvachilikda, yaylovchilikda va ayrim joylarda kon qazib olishda foydalaniladi. Respublikamiz past tog‘laridagi tabiiy boyliklaridan tejab-tergab foydalanish chora tadbirlarini ishlab chiqish hozirgi kunning muhim vazifalaridan biridir. Bugungi kunda Qizilqumdagi qoldiq tog‘lar o‘zining tabiiy resurslarga boyligi va undan foydalanish holati bo‘yicha O‘zbekistoning eng murakkab hududlaridan biri bo‘lib sanaladi. Shu bois, past tog‘lar mintaqasini geografik jihatdan tadqiq qilish, uni barqaror rivojlanishini umumiy tarzda o‘rganish va shu yo‘l bilan ularni hal qilish bo‘yicha zaruriy ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqish dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Book Details: |
|
ISBN-13: |
978-620-6-79692-3 |
ISBN-10: |
6206796922 |
EAN: |
9786206796923 |
Book language: |
Uzbekistan |
By (author) : |
ERKINOV RAMZIDDIN |
Number of pages: |
64 |
Published on: |
2025-02-06 |
Category: |
Geography |