Habib Saʼdulla 1942-yil 5-aprelda Namangan shahrida tugʻilgan. U Oʻzbekiston xalq shoiri (1999-yil), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1992-yil) sifatida xalqchil asarlari bilan adabiyot ixlosmandlarining qalbini xushnud qilgan. Habib Saʼdulla 1971-yil Toshkent universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan. 1966-1967 yillarda "Mushtum" jurnalida musahhih, 1967-1968 yillarda maktab oʻquvchilari gazetasida adabiy xodim, 1968-1973 yillarda "Namangan haqiqati" gazetasida boʻlim mudiri, muharrir oʻrinbosari, 1973-1990 yillarda Namangan viloyat Yozuvchilar uyushmasida rais, 1990-1998 yillarda esa viloyat Madaniyat ishlari boshqarmasida boshliq boʻlib ishlagan Dastlabki sheʼrlar toʻplami — "Okeandan shabada" (Usmon Temur bilan hamkorlikda, 1969-yil). Shundan soʻng Habib Saʼdullaning "Bahor bilan suhbat" (1975-yil), "Muloqot" (1979-yil), "Yana ostonangda" (1982-yil), "Ehtirom" (1984-yil), "Bogʻlar yurtin bolasimiz" (1988-yil), "Tazarru", "Koʻchamdan jonon oʻtganda" (1992-yil), "Kosonsoy karvonlari" (1993-yil), "Uchqoʻrgʻonning uch xirmoni" (1996-yil), "Ramazon munojoti" (1997-yil), "Nur qadri" (1998-yil) sheʼriy kitoblari nashr etilgan.
Book Details: |
|
ISBN-13: |
978-620-6-79794-4 |
ISBN-10: |
6206797945 |
EAN: |
9786206797944 |
Book language: |
Uzbekistan |
By (author) : |
Mukhtorjanov Ahmadjon Farhodjonovich |
Number of pages: |
52 |
Published on: |
2024-03-29 |
Category: |
Management |