GlobeEdit ( 2024-04-11 )
€ 54,90
O‘zbekiston tasviriy san’ati so‘nggi yillarda zamonaviy yo‘sinda rivojlanib borar ekan, uning negizida milliy mavzular va mumtoz madaniy an’analarimiz uyg‘unligi ham ko‘zga tashlanadi. Kun sayin rivojlanib borayotgan milliy tasviriy san’atimiz xalqimizning ma’naviy dunyosini boyitishga xizmat qiladi. Zero “Hozirgi kunda milliy ma’naviyatimiz rivojini tasviriy san’at namunalarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. O‘zbek rassomlarining keyingi yillarda samarali ijod qilib, yangi-yangi yutuqlarni qo‘lga kiritayotgani, bu sohaga ko‘plab yosh iste’dod egalari kirib kelayotgani uning ravnaqi va istiqbolidan dalolat beradi. ” Darhaqiqat, bugungi kunda tasviriy san’atimiz milliy ma’naviyatmizning muhim tarkibiy qismiga aylanib bormoqda. O`zbekistonda yangi ma`naviy-g`oyaviy yo`nalishlarning shakllanishi o`z navbatida, zamonaviy san`atning barcha sohalariga samarali ta`sir etib, ijodiy izlanishlar doirasini kengaytirib, badiiy tafakkur rivojini yanada jadallashtiradi. Tarixiy, madaniy va ma`naviy-ahloqiy qadriyatlarning keng qatlamlarini qayta idrok etish g`oyalari, yangilanish tamoyillari me`morlik, tasviriy va amaliy bezak sohalarida yaqqol namoyon bo`lmoqda.
Book Details: |
|
ISBN-13: |
978-620-6-79810-1 |
ISBN-10: |
6206798100 |
EAN: |
9786206798101 |
Book language: |
Uzbekistan |
By (author) : |
Oripov Bobirjon |
Number of pages: |
120 |
Published on: |
2024-04-11 |
Category: |
Art |