Ushbu kitob badiiy asar tili, yozuvchilarning lisoniy birliklardan foydalanish mahoratining badiiy matnda aks etish darajasini aniqlash, badiiy matn va uning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish va shu asosda filolog, talaba va sohaga qiziquvchilarning matndagi lisoniy-poetik xususiyatlarini idrok etish malakalarini shakllantirish kabi vazifalarni bajarishni maqsad qiladi. Zero, badiiy matnni tayinli tahlil va to‘g’ri talqin qila olish malakasi insonning umummadaniy saviyasi, ma’naviy-ma’rifiy balog’ati, dunyoni anglash salohiyati, hissiy-estetik idrokining taraqqiyoti uchun muhim ekanligini isbotlab o‘tirishning hojati yo‘qdir. Shuningdek, kitobda estetik hodisa sifatida badiiy asar tilini o‘rganish asosida mualliflarning individual uslubiy mahorati hamda badiiy asar yozishda til tizimi imkoniyatlaridan qay darajada foydalana olganligini aniqlashga ham e’tibor qaratish nazarda tutilgan. Kitob ijtimoiy-gumanitar fakultetlar talabalari, magistrantlar, tilshunoslar, tadqiqotchilar hamda sohaga qiziquvchilar ommasi uchun mo‘ljallangan.
Book Details: |
|
ISBN-13: |
978-620-6-80059-0 |
ISBN-10: |
6206800598 |
EAN: |
9786206800590 |
Book language: |
Uzbekistan |
By (author) : |
MEHRINISO JO'RAYEVA |
Number of pages: |
84 |
Published on: |
2024-07-10 |
Category: |
Language and literature science |