Ushbu monografiyada ontologik bilimlar bazasini yaratish bo‘yicha xorijda va respublikamizda olib borilgan tadqiqotlarning tahliliy masalalari, ontologik elektron lug‘atlarning yaratilishi korpus texnologiyasidan foydalanishda semantik munosabatlar tadqiqi masalalari tahlilga tortilgan. Shuningdek, ontologik bilimlar bazasini yaratishda konsept va semantik munosabatlar alohida o‘rganilib, tibbiyot terminlari misolida terminologik tizimda iyerarxik tasnifi, semantik maydonlari Protege dasturi orqali bazaga joylashtirilgan. Qolaversa, o‘zbek tilidagi tibbiy leksik birliklarning paradigmatik, sintagmatik munosabatlari bo‘yicha lingvistik tahlil amalga oshirilgan. Lingvistik platformada terminologik ontologik bilimlar bazasini yaratish bosqichlari, lug‘at so‘rovini yaratishda elektron lug‘at interfeysini loyihalashning nazariy va amaliy jihatlari ilmiy asoslangan. Ushbu monografiyadan kompyuter leksikografiyasi, kompyuter lingvistikasi, ontologiya va semantik texnologiyalar, amaliy tilshunoslik fanlarini o‘qitishda, shuningdek, professor o‘qituvchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar hamda bakalavr talabalari foydalanishlari mumkin.
Book Details: |
|
ISBN-13: |
978-620-6-17370-0 |
ISBN-10: |
6206173704 |
EAN: |
9786206173700 |
Book language: |
Uzbekistan |
By (author) : |
Nilufar Abduraxmonova |
Number of pages: |
120 |
Published on: |
2023-06-19 |
Category: |
Language and literature science |