GlobeEdit ( 2024-07-08 )
€ 39,90
Monografiyada shahar atrof muhitini sog’lomlashtirishga bag’ishlangan ilmiy tadqiqotlar tahlili keltirib o’tilgan bo’lib, bugungi kunda shaharlarimizda sodir etilayotgan shovqinlarning 90-95% ni harakatdagi transport vositalari paydo qiladi. Ushbu salbiy holatni e’tiborga olmasdan shu davrgacha turar-joylarning asosiy qismi shahar magistral va umumshahar miqiyosiga ega bo’lgan ko’chalar atrofida joylashganligi tadqiqot olib borilishiga asosiy turtki bo’ldi. Hozirgacha olib borilgan nazariy va amaliy tadqiqotlardan ko’rinadiki, ushbu muammoni hal qilish uchun shaharsozlik nuqtai-nazaridan amalga oshirishda etarlicha ilmiy asoslangan me’yorlar ishlab chiqilmagan. Tadqiqot oldida turgan navbatdagi yana bir muammo, bu-shahar hududini avtotransport shovqini ta’siridan muhofaza qilish konsepstiyasini yaratishdan iborat. Chunki amalga oshiriladigan qurilish ishlar hajmining deyarlik yarimini ko’tarilgan muammoni bartaraf qiluvchi chora-tadbirlar tashkil etadi. Shu sababdan ham iqtisodiy ham texnik samara beradigan chora-tadbirlar turkumini tanlash, shahar qurilishida optimal echimning matematik modellarini tanlashni va sistemali yondashuv tadqiqotning asosiy masalalari bo’lib chiqadi.
Book Details: |
|
ISBN-13: |
978-620-6-79996-2 |
ISBN-10: |
6206799964 |
EAN: |
9786206799962 |
Book language: |
Uzbekistan |
By (author) : |
Achildiev Rasul |
Number of pages: |
88 |
Published on: |
2024-07-08 |
Category: |
Architecture |