Ushbu monografiya aynan shu masalalarni qamrab olgani, kategoriya, til siyosati, “yumshoq kuch”, inson – til – tafakkur – madaniyat munosabati, lingvokognitiv dunyoqarash, olamning turli (lisoniy, milliy-madaniy, folklor, mifologik, siyosiy va hk) manzaralari, etnoslar tarixi va tildagi shaxs lisoniy ongining individualligi, turli xalqlar tafakkur tarzi, madaniy alohidaligi keng yoritib berilgani bilan ahamiyatga molik. Qisqa aytganda, inson tug‘ilganidan boshlab o‘zini o‘rab turgan borliqni o‘rgana boshlaydi, makon va zamon ta’sirida ma’lum bilimga ega bo‘ladi, tafakkuri shakllanadi, obrazli fikrlashi o‘sib boradi. Til vositasida uni namoyon qiladi. Zotan, til millat tafakkurining bebaho xazinasidir, millatni millat qiluvchi bosh belgidir. Beruniy ta’kidlaganidek, til so‘zlovchi istagini eshituvchiga yetkazuvchi tarjimondir.Kitob talabalar, magistrantlar, tadqiqotchilar, filologlar hamda sohaga qiziqqan mutaxassislar uchun mo’ljallangan.
Book Details: |
|
ISBN-13: |
978-620-0-64370-4 |
ISBN-10: |
6200643709 |
EAN: |
9786200643704 |
Book language: |
Uzbekistan |
By (author) : |
D.K. Baxronova |
Number of pages: |
212 |
Published on: |
08.02.2023 |
Category: |
Other |