Odam bolasining rivojlanishi – bu muhim jarayon hisoblanadi. Ma'lumki, hayot davomida inson jismoniy va ruhiy jihatdan o‘zgarib boradi. Lekin bolalik, o‘smirlik va o‘spirinlik davrida rivojlanish nihoyatda kuchli bo‘ladi. Bola mana shu yillarda ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan o‘sishi, o‘zgarishi tufayli shaxs sifatida kamolga yetadi. Tarbiya, irsiyat (nasl) va muhit bolaning rivojlanishida asosiy o‘rin tutadi. Bolaning rivojlanishi juda murakkab qarama-qarshiliklardan iborat jarayondir. Bola o‘z rivojlanishi jarayonida turli xil faoliyatlarga hamda muloqatga kirishadi. Bu esa ularning ijtimoiy tajribalarining oshishiga yordam beradi. Bolaning dunyoga kelishidan tortib uning butun umri jarayonida yuqoridagi faktorlar (faoliyat va muloqat) bir-birini to‘ldirib bola shaxsining rivojlanishini ta'minlaydi. Bola rivojlanishining harakatlantiruvchi kuchi - bu qarama-qarshilikdir. U tashqi va ichki ta'sirlar orqali amalga oshiriladi. Tashqi ta'sirlarga insonni shakllantirishga qaratilgan maxsus faoliyat kirsa, ichki ta'sirlarga biologik va irsiy faktorlar misol kiradi.
Grāmatas detaļas: |
|
ISBN-13: |
978-620-6-80128-3 |
ISBN-10: |
6206801284 |
EAN : |
9786206801283 |
Grāmatas valoda: |
Uzbekistan |
By (author) : |
Sayfulloh Kozimov |
Lappušu skaits: |
92 |
Izdošanas datums: |
08.09.2024 |
Kategorija: |
Psychology |