XX asr ikkinchi yarmidan taraqqiyot davrini boshlagan kompyuter lingvistikasi nafaqat lug‘at, badiiy va mumtoz asarlar, yozma matnlardan iborat lingvistik ma’lumotlarning an’anaviy “to‘plamlari”dan foydalanish, balki katta massivli matnlarni – matnli korpuslarni qayta ishlash imkonini bermoqda. Biroq milliy xoslangan lug‘aviy birliklarni qayta ishlanuvchi, lingvistik tasniflangan, mashinada o‘qiladigan metalingvistik ma’lumotlar formatida taqdim etish muammosi hanuz dolzarbligicha qolmoqda. Dunyo tilshunosligida antropotsentrik yo‘nalish bilan ketma-ket rivojlanayotgan korpus tilshunosligi ulkan lingvistik materiallar tarkibidagi, tilning milliy xoslangan birliklari, jumladan, milliy til tabiatini aks ettiruvchi, mentalitet haqidagi ma’lumotlarni saqlovchi, madaniyat va urf-odatlar to‘g‘risida bilim manbai bo‘lgan iboralarni o‘zlashtirish, idiomatik qurilmalarni taklif qilingan nazariy modellarini sinab ko‘rish va yangilarini ishlab chiqish imkonini beradi. Ushbu monografiyada muallifning yuqoridagi masalalar yechimiga qaratilgan fikrlari yoritilgan bo‘lib, tilshunoslar va shu sohaga qiziquvchilar auditoriyasiga mo‘ljallangan.
Grāmatas detaļas: |
|
ISBN-13: |
978-620-6-79607-7 |
ISBN-10: |
6206796078 |
EAN : |
9786206796077 |
Grāmatas valoda: |
Uzbekistan |
By (author) : |
Begmatova Gulchexra Xolmuratovna |
Lappušu skaits: |
136 |
Izdošanas datums: |
16.01.2024 |
Kategorija: |
Sociology |