Matematik analizning ixtiyoriy tartibli hosila va integrallarni o’rganish va qo’llashga bag’ishlangan sohasi funksiyalar nazariyasi, integral va differentsial tenglamalar bilan bog’liq bo’lgan ko’p yillik tarixga ega.Hozirgi fan taraqqiyotida amaliy jarayonlarni matematik modelini tuzishda va hususiy hosilali giperbolik va aralash tipdagi tenglamalar uchun qo’yilgan chegaraviy masalalarni yechishda kasr tartibli integrodifferentsial operatorlar muhim ro’l o’ynaydi.Kasr tartibli differentsiallash va integrallash tushunchasi odatda Liuvill nomi bilan bog’lanadi. Liuvill, Abel, Riman, Letnikov, Veyl, Adamar va boshqa mashxur matematiklar xozirgi vaqtda matematik analizni butun bir yo’nalishiga aylangan kasr tartibli integrodifferentsial operatorlarning rivojlanishiga katta xissa qo’shganlar.
Book Details: |
|
ISBN-13: |
978-620-6-80151-1 |
ISBN-10: |
6206801519 |
EAN: |
9786206801511 |
Book language: |
Uzbekistan |
By (author) : |
Asqar Muqumov |
Number of pages: |
80 |
Published on: |
30.09.2024 |
Category: |
Mathematics |