Ushbu risolada muallif Orzu ijodini badiiyat, vazn, qofiya va janr jihatdan oʻrgangan. Jumladan, risolaning birinchi boʻlimi shoir tomonidan istifoda etilgan turli janrlar badiiyatiga bagʻishlanadi. Muallif ularni oʻrganar ekan, dastlab turli adabiyotlar yordamida nazariy ilmlarni solishtiradi va keyin misollarni tahlil qilib, oʻz fikrlarini bildiradi. Orzu masnaviylaridagi maʼrifiy gʻoyalar, qitʼalaridagi oʻziga xosliklar, Fuzuliyga bagʻishlangan taxmislar balogʻati, ruboiylaridagi juzʼiy kamchiliklar ham ziyrak muallif nazaridan chetda qolmagan. Shuningdek, ijodkor asarlaridagi ilmi badeʼ, mavzu va gʻoya uygʻunligi ham oʻrganilgan. Risolani oʻqish davomida ilmiy izlanishlarda guvohi boʻlamizki, Orzu Urganjiy qoʻllagan vaznlar ham, sheʼriy sanʼatlar ham oʻtkir tanqidiy nigoh bilan tahlil etilgan. Qolaversa, adib gʻazallaridagi didaktika va maishiy masalalar boʻyicha ham oʻrinli fikrlarni koʻrishimiz mumkin.
Informasjon om boken: |
|
ISBN-13: |
978-620-6-80074-3 |
ISBN-10: |
6206800741 |
EAN: |
9786206800743 |
Boken er skrevet på:: |
Uzbekistan |
By (author) : |
AZIZBEK IBRAGIMOV |
Antall sider: |
68 |
Utgivelsesdato: |
16.08.2024 |
Kategori: |
Language and literature science |