Jahonda zamonaviy qurilish amaliyotining jadal rivojlanishi bilan bino va inshootlarning temirbeton konstruksiyalarida kompozit materiallardan foydalanish salmog`i tobora ortib bormoqda. Shu jihatdan, qurilish konstruksiyalarini loyihalash va ishlab chiqarish sanoatining ustuvor vazifalaridan biri hisoblangan, egiluvchi temirbeton konstruksiyalarda po`lat armaturalariga muqobil bo`lgan mahalliy xom-ashyolardan foydalanib, kompozit armaturalarni ishlab chiqish, qo`llash, mustahkamligini oshirish, ishlab chiqarish texnologiyalarini moderinizasiya qilish, tannarxini arzonlashtirish hamda ularning keng ko`lamda qo`llanilishini ta’minlashga katta e’tibor qaratilmoqda.Qurilish amaliyotida kompozit polimer armaturalardan foydalanib, armaturalarning beton bilan tishlashishi, olovbardoshligi va elastiklik modulini oshirish yo`nalishilarida tadqiqotlar olib borish va egiluvchi konstruksiyalarni mustahkamligini, bikrligini, yoriqbardoshlik xossalarini yaxshilash masalalari dolzarb vazifalardan biri bo`lib qolmoqda.
Book Details: |
|
ISBN-13: |
978-620-0-64029-1 |
ISBN-10: |
6200640297 |
EAN: |
9786200640291 |
Book language: |
Uzbekistan |
By (author) : |
SHODILJON UMAROV ABDUG'OFUROVICH |
Number of pages: |
116 |
Published on: |
06.12.2022 |
Category: |
Building and environmental technology |