GlobeEdit ( 27.07.2023 )
€ 61,90
So‘nggi yillarda jahon tilshunosligida tilning millat tarixiy tajribasi, madaniy taraqqiyotidan ma’lumot tashuvchi onomastik birliklari va ularning madaniy kodning madaniy semantikasi bilan aloqasini o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqotlarga keng o‘rin berilmoqda. Zotan, onimlar – tilning avlodlar tajribasiga doir bilimlarni to‘plash, jamlashdan iborat kumulyativ vazifasini voqelantiruvchi unsurlarga hatto jamiyatning siyosiy-mafkuraviy hayotida ahamiyatli unsurlar sifatida qaralmoqda. Toponimik obyektlar millat tarixi va madaniyatining shakllanish bosqichi, millatning millat sifatida ravnaq topishiga guvoh birliklar hisoblanadi. Zotan, “Har bir xalq, har qaysi mustaqil davlat o‘z milliy manfaatlarini ta’minlash, bu borada avvalo o‘z madaniyatini, azaliy qadriyatlarini, ona tilini asrab-avaylash va rivojlantirish masalasiga ustuvor ahamiyat qaratishi lozim”. Xususan, teologik bilimlar va teonimlar bilan bog‘liq joy nomlari tizimini struktur, etnolingvomadaniy jihatdan tadqiq qilish va ularning etimologiyasi, genezisiga doir ma’lumotlarni aks ettiruvchi leksikografik asarlarni yaratish ana shunday dolzarb masalalar sirasiga kiradi.
Book Details: |
|
ISBN-13: |
978-620-6-17498-1 |
ISBN-10: |
6206174980 |
EAN: |
9786206174981 |
Book language: |
Uzbekistan |
By (author) : |
Turdiqulov Sherzod Duminovich |
Number of pages: |
132 |
Published on: |
27.07.2023 |
Category: |
Sociology |