Tibbiyot hodimlari va talabalarni urush va tinchlik davrida jangovar jarrohlik patologiyasi bo‘lgan yaradorlarga tashxis qo‘yish, xizmatni tashkil etish va tibbiy yordam ko‘rsatish masalalari bo‘yicha o‘rgatish.Fanni o‘rganish natijasida tibbiyot hodimlari va talabalar quyidagilarga ega bo‘lishlari kerak: Tibbiyot fanining so‘nggi yutuqlari asosida urush davrida yaradorlarga jarrohlik yordam ko‘rsatishni tashkil qilishni va harbiy dala xirurgiyasining rivojlanish istiqbollari haqida tasavvurga ega bo‘lishi kerak. Zamonaviy harbiy operatsiyalarni o‘tkazishning o‘ziga xos xususiyatlarini va tinchlik davrida qo‘shinlarning tabiiy ofatlar (favqulodda vaziyatlar) oqibatlarini bartaraf etishdagi ishtirokini hisobga olgan holda.Tibbiyot hodimlari va talaba bilishi lozim:• travmatik shok, uzoq davom etgan kompressiya sindromi, o‘tkir qon yo‘qotish, urush va tinchlik davridagi favqulodda vaziyatlarda o‘q jarohatlarining infeksion asoratlari klinik ko‘rinishlari, diagnostikasi, oldini olish va davolash;• yaradorlarga malakali va ixtisoslashtirilgan jarrohlik yordamini tashkil etish asoslari va mazmuni.
Book Details: |
|
ISBN-13: |
978-620-6-79656-5 |
ISBN-10: |
6206796566 |
EAN: |
9786206796565 |
Book language: |
Uzbekistan |
By (author) : |
G‘anijon Qulmatov Otaxonovich |
Number of pages: |
172 |
Published on: |
21.08.2024 |
Category: |
Medicine |